Сделать свой сайт бесплатно

Реклама

Создай свой сайт в 3 клика и начни зарабатывать уже сегодня.

@ADVMAKER@

Sherlar

13.04.2012

 

Rayhongulim.

 

Bog`da o`sadi bir gul,

Atalarmish Rayhongul.

Rayhongulning oldida,

Atirgul ham hayrongul.

 

Rayhongul so`lim-so`lim,

Ko`rib quvnaydi dilim.

Hidlayman to`yib-to`yib,

Qarayman mehr qo`yib.

 

Gullarimni sevaman,

Ular go`zallik ramzi.

Gulni sevgan insonning,

Gul kabi toza qalbi.

 

                    4-“A” sinf o`quvchisi

                   Shirinboyeva Sevara.

Mening  onajonimdir.

 

 

Sabru   bardosh  timsoli,

Mehru  chashma  bulog`i,

Bag`ri  baxtimning  bog`i,

Sizsiz-  onajon  onam.

 

Mehnat  qilib  tinmagan,

G`iybatlardan  sinmagan,

G`mgaboshin  egmagan,

Sizsiz  onajon  onam.

 

Go`zal  erur  gullardan,

Xushovoz,  bulbullardan,

Qaddi  rost  bulbullardan,

Sizsiz-  gultojim  onam.

 

Baxtsizlikni  baxt  qilgan,

Yaxshilikni  kasb  qilgan,

Kamolimiz  taxt  qilgan,

Sizsiz -  quyoshim  onam.

 

Ruhshunos  tabib  o`zi,

Dardim  ko`rar  qalb  ko`zi,

Dori ,  malhamdir   sozi,

Sizsiz -  farishtam  onam.

          

Boshlang’ich  sinf o’qituvchisi

Xolova Salomat

 

      O`zbekiston.

 

Nurli bo`ston,hur guliston

Go`zal gullar chamaniston

Quyoshli yurt bo`lgin omon
O`zbekiston,O`zbekiston!

 

Tog`lar oshib,qirlar oshib,

Senday yurtni topolmasman,

Yurtlar ichra jannatmakon

Jannat yurtim O`zbekiston!

 

Bobolarim ko`p ulug`dir

Yoshlar qadami qutlug`dir

Yaxshilarni suygan makon
Faxrim mening O`zbekiston!

 

Bog`-chamanda bulbul sayrar.
Qushlar qo`shiq aytib yayrar.

Senga ming tashakkur aytar

Go`zal maskan O`zbekiston!

            

5-A-sinf  o’quvchisi

Baxtiyorova  Umida

Vatan

Yaxshiyam sen bor Vatan !

Ko’nglimdan tomgan har bir so’zim

Sen uchun Vatan O’zbekistonim!

Dilimning aksi qarog’im,ko’zim

Yana vatan deydi Nurli bo’stonim!

Hayqirganda tog’lar jumbushga kelib,

Yurtim nidosidan hayratda qolsin

So’ligan gullarga hayot baxsh etib,

Hayot gullari-chun vatanim bo’lsin.

Hayotning mehvari gultoji o’zing

Sensiz uyqu yo’qdir mungli ko’zimga

Sensiz hayot yo’qdir,yo’q mangu so’zing

“Vatan” so’zi yetmaydi hech bir so’zingga

Gulning vatani gulbog’I bordur,

Atirgul unar, so’nar o’sharga

Vatani yo’qchi, nimasi bordur?

O’limi yetgach so’ng borar qayerga?

Hatto vatani bordur hur bulbulning

Chamandan uzoqlashsa bag’ri bo’lar qon.

Yaxshiyam sen borsan she’riy mulkimning,

Hur gultoji bo’lgan sen—O’zbekiston! 

 

         Sa’dullayeva  Mohinur.7-“A” sinf             

     Нон

 

Менинг ушоғим ҳам нон

Билсанг сен агар Маннон

Нонни эъзозла ҳар он

Шунда увол бўлмас нон

Тушса агарбурда нон,

Олиб қўйгин у ҳам нон.

 

            Маънавият  дарсида.

 

Бор унда зўр мавзулар,

Ўтамиз ҳафта кунлар,

Ҳар ҳафта жума бўлар,

Айтилар шундай сўзлар

Раҳмат,ҳурмат,марҳамат

Дарсимиз маънавият.

 

5-“А”синф ўқувчиси  Тилавова Севара

 

Комментарии (0)Просмотров (232)


Зарегистрированный
Анонимно