Assalom Navruz!!!
Tadbir
1-boshlovchi:
Salqin saharlarda bodom gulida
Binafsha labida qirlarda bahor.
Qushlarning ovozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda qirlarda bahor.
2-boshlovchi:
Ajib bir go`zallik ajib bir bayot.
Men seni qutlayman shu ulug` damda
Ulug` yelkadoshim muzaffar hayot.
-Assalomu alaykum qalbi qaynoq mehri buloq, so`zlari dur bo`lgan o`qituvchi, ustozlar va bilimga chanqoq o`quvchi yoshlar.
1-boshlovchi:
Qish qahratonidan bezillagan qalblar-u, go`zallikka tashna ko`zlar , mag`rur qorli tog`lar boshidan sizayotgan sho`x jilg`alar, ko`ngillar torini betakror ifori ila mayin chertayotgan pushtirang bodom gullari, moviy osmon-u undagi qatot-qator turnalarning mahzun nolalari zumrad bahordan darak bermoqda.
2-boshlovchi:
Ha, bahor uyg`onish, yasharish fasli. Bu faslda yuraklar shodlikka, zavq-u shavqqa oshufta bo`ladi. Bahor bayramlar, shodiyonalar fasli.
1-boshlovchi:
Ajib nafosatda uyg`ondi olam,
Tabiat labida xandon tabassum.
Yam-yashil qirlarda Navro`z jilvasi,
Go`dak kulgusidek quvnoq va mas`um.
2-boshlovchi:
Jilg`alar qiqirlar, toydek irg`ishlar.
Boshin ko`taradi maysalar hayron.
Ajib bir chiroyni baxsh etmish olam
Bu kun o`lkamizda Navro`z hukmron.
1-boshlovchi:
Hayotimizning go`zal onlarini bahor fasliga qiyos etamiz. Negaki, bahor ham yoshlik, ham go`zallik timsoli.
Ko`hna maskan, ko`hna bir diyor,
Nafosatda tengi yo`q saroy.
Unda hamon yashar bir ruxsor,
Seplari mo`l fusunkor bahor.
2-boshlovchi:
Bahor yangilanish, yasharish fasli, o`lkam bo`ylab qanot qoq. Sening tashrifing, qalblarda, dillarda bir olam orzularni olib kelsin.
Bahor bir sen, quvonch bir sen,
Qalbim ruhi tashrifisan sen.
Qiyosingdir g`uncha misoli
Haroratdir o`tli visoli.
1-boshlovchi:
Bugun baxtdan sarmast chehralarda, shukronalik duolarida, sho`x-shodon yallalarda Navro`z shukuhi.
Bugun butun dunyoda go`zal va betakror bo`lgan milliy bayramimiz Navro`z keng va tantanali nishonlanayotgan bir paytda maktabimizda ham bu tadbirning debochasi sifatida “Har tuning qadr o`libon, har kuning o`lsin Navro`z” deb nomlangan tadbirimizni ochiq deb e`lon qilamiz.
2-boshlovchi:
Tadbirni ochib berish uchun so`z navbatini O`IBDO` Nazarova M.I.ga beramiz.
1-boshlovchi:
Ko`kda nur taratar yarqirab yulduz.
Lablarda tabassum, aytib shirin so`z
Assalom yangi kun, assalom Navro`z!
Yurtimizga biz orziqib kutgan borliqdagi uyg`onish va yangilanish timsoli bo`lgan Navro`zi olam kirib keldi. Bu betakror ayyomni har bir xonadon, har bir oilada bag`rimizni keng ochib “Xush kelibsan o`lkamga Navro`zi olam, qadaming qutlug` bo`lsin, yurtimizga tinchlik-omonlik olib kel” deb qarshi olish azaliy odatimizga aylanib qolgan.
Navro`z ayyomi bilan qutlash uchun so`z navbatini maktabimiz MMIBDO` Yodgorova O.S.ga beramiz.
2-boshlovchi:
Shu an`anaga sodiq qolgan holda maktabimiz o`qituvchi va o`quvchilari bugungi tadbirda milly urf-odatlarimizga bir nazar solish maqsadida kuy-raqs, qo`shiq,milliy laparlar, milliy urf-odatlarimizni tarannum etuvchi dastur tayyorlaganlar. Bu dasturimizda 8-9-sinf o`quvchilarimiz o`rtasida milly taomlar va sahna ko`rinishlari bo`yicha bellashuvlar o`tkaziladi. Bu bellashuvni baholab boradigan hakamlar bilan tanishing.
- Nazarova M.I.
- Yodgorova O. S.
- Hayitova Sh.R.
- Adilova N.R.
- Qodirova M.Q.
- Bozorova Z.X.
- Norova Z.I.
- Raxmonova M.N.
1 “V”sinf o`quvchilari ishtirokida “Ro`molim”raqsi.
1-boshlovchi:
Oq yomg`irlar yog`moqda sim-sim,
Chor atrof bog`, gul-u lolazor.
Xush kelibsan, mening ilk sevgim
Xush kelibsan, yurtimga bahor!
2-boshlovchi:
Maysalarga boshimni qo`yib,
Adirlardan to`yaman ifor.
So`ng quvonchdan yig`layman to`yib,
Xush kelibsan o`lkamga bahor.
1-boshlovchi:
2-boshlovchi she`ri tugagach , endigi navbat 8- “A” sinf o`quvchilariga!
2-boshlovchi:
Bahorning ko`klami sozi muborak,
Qirlarning chiroyi nozi muborak.
Yangi kun, yangi yil, yangi tilaklar,
Olib kirgan Navro`zi olam muborak.
1-boshlovchi:
Navro`z kelsa sumanbar malak,
Ikki qo`llab tutar sumalak.
Navbat 8- “V” sinf o`quvchilariga!
2-boshlovchi:
-Navro`z yashnash, yasharish bayrami tabiatning uyg`onishi bilan bog`liq yangi kunning boshlanishidir.
1-boshlovchi:
Qirlarning to`shida eriyotir qor,
Termulib qor kabi eriydir ko`zim,
Horimay, sog`-omon keldingmi, bahor.
Keldingmi, qadami qutlug` Navro`zim!
Navro`zoy kirib keladi.
2-boshlovchi:
Prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlaganidek “Navro`z hayot abadiyligining tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatining shu bilan birga ming yillik milly qiyofamizning urf-odatlarimizning mangulik ifodasi tasdig`idir”
1-boshlovchi:
Bokiralik timsoli bahor,
Bu go`zallik, yasharish asli.
Tuhfa etar qalbga beg`ubor,
Sog`inchlarni muhabbat fasli.
2-boshlovchi:
Navbatni 9-“A”sinf o`quvchilariga bersak.
1-boshlovchi:
Surxon o`lkasida bahor tarovati. Navbat 9 “B”sinf o`quvchilariga .
2-boshlovchi:
Quyosh tegrasida aylanib falak
Tabiat bezanib, misli kelinchak
Bugun yuz ochibdi turfa xil chechak.
Assalom yangi kun, Assalom Navro`z!
Navbatni 9-“V”sinf o`quvchilariga beramiz..
1-boshlovchi:
Atlas kiygan qizlar ko`zga ko`rinar go`zal,
Go`yo atlas yaxshi kuyday e`zozda azal.
Navbatni adrasu atlaslar makoni Marg`ilon joylashgan Andijon milliy ohanglarini madh etish uchun 9- “G” sinf o`quvchilariga beramiz.
2-boshlovchi:
Beshik bilan bog`liq bo`lgan xalqimiz an`analarini davom ettirish beshik to`yiga keng yo`l ochib berish lozim.Navbatni 9- “D”sinf o`quvchilari ishtirokida “Beshikka chaqaloqni belash marosimi”ni tomosha qilamiz.
1-boshlovchi:
Navro`z bilan keladi shodlik,
Navro`z bilan
Navro`z kelsa gullaydi bog`lar.
Navro`z kelgach yashnaydi tog`lar.
Endi 9- “K” sinf o`quvchilari ishtirokidagi yigit-qizlar aytishuviga navbat beramiz.
2-boshlovchi:
Milliy taomlar va chiqishlarni baholash uchun so`z navbatini hakamlar hay`ati a`zolariga beramiz.
1-boshlovchi:
Marhamat, hakamlar hay`ati a`zosi Norova Zulxumor Ismoilovna.
2-boshlovchi:
Kelinglar azizlar, har birimiz xalqimizni eng go`zal va eng ulug` ayyomi Navro`zi olam bilan qutlab, dasturimizga yakun yasaylik.
1-boshlovchi:
Poyi qadamlari, qutlug` mehmonim.
Navro`zing muborak, O`zbekistonim!
Tadbir
1-boshlovchi:
Bu hayotning ziynati
Bahru bashorat assalom,
San`ati so`z naqshi bu
Nuri hidoyat assalom
Xislati birla jahon
Ahliga ne`mat assalom
Jumlai insonga barobar
Yaxshi odat assalom
2-boshlovchi:
Salomdan avvalo boshlayin so`zni
Ko`ngilni jo`r etib ko`ngil nazmiga
Baxtiyor bu davra chorlaydi sizni
Bu kun o`zbek elim bayram bazmiga
2-boshlovchi:
Bizga ilm va saboq berib charchamayotgan qadrli ustozlar, qalbi mehrga limmo-lim muxtarama onalar. Bugungi tadbirimizga xush kelibsizlar! Tadbirimizni ochib berish uchun tabrik so`z navbatini maktabimiz o`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari Nazarova Malohat Isomiddinovna va Hayitova Shahodat Raxmatovnaga beramiz.
2-boshlovchi:
Ayol hayot chashmasi, ayol hayot chirog`i.
2-boshlovchi:
Fidoiylik timsoli
2-boshlovchi:
Marhamat bu bellashuvda qatnashuvchi ustozlarni davraga taklif etamiz. Marhamat ular bilan tanishing.
2-boshlovchi:
Biologiya, kimyo fani o`qituvchisi Yavkacharova Zarinabonu
2-boshlovchi:
Jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi Eshmurodova Habibaxonim.
2-boshlovchi:
1.Tanishtirish.
2. “O`qituvchi ona, murabbiy, ustoz” sharti asosida bellashadilar.
3. O`qituvchi oshxonada.
4.Dil izhorlari.
5.Erkin mavzu shartlari asosida bellashadilar.
2-boshlovchi:
Ayol - bu so`z zamirida olam-olam ma`no go`zallik, sadoqat, mehr-muruvvat kabi oliy hislatlar yashirin.
2-boshlovchi:
Hayotda ma`no-yu mazmun yo`qolar,
Yurak tanholikni kuyini chalar.
Bayramlar-bayramga o`xshamay qolar.
Agar bu dunyoda ayol bo`lmasa.
2-boshlovchi:
Ustozlar 1-shartga tayyorlangunga qadar 6-sinf o`quvchilari ishtirokidagi dilkash raqsga beramiz.
2-boshlovchi:
Baski bu dunyoning moyasi ayol ,
Jami ezgulikning doyasi ayol.
Ruhni xudo, tanni ayol yaratar.
Xudoning yerdagi soyasi ayol.
2-boshlovchi:
Ayol borki olam munavvar, ayol borki yashaydi inson.
Ayol inson tafakkurining gulshani, fazlu kamolining mehriboni.
Ayol uchun o`z farzandlarining tarbiyalashdan, voyaga etkazishdan buyuk baxt bo`lmasa kerak.
2-boshlovchi:
Endigi navbatni 2-shartga beramiz. 8 “V” sinf o`quvchilaridan tuzilgan “Zar-shou” jamoasiga beramiz.
2-boshlovchi:
Yurtboshimiz I.A.Karimov ayollar to`g`risida shunday ta`kidlaydi:
“Ayollarni qancha ulug`lasak, hayotimizning chirog`i umrimizning guli deb e`zozlasak, demakki oilamizni, vatanimizni e`zozlagan bo`lamiz”
2-boshlovchi:
Endi 3-shartga navbatni beramiz. Shartga ko`ra ustozlarimiz oshxonadagi mahoratlarini namoyon etish maqsadida o`zaro bellashadi. Bu shartga tayyorlangunlarigacha bugun allomalarning ayolga bo`lgan ta`riflarini tinglaymiz.Marhamat.
2-boshlovchi:
Endigi navbat 8- “G” sinf o`quvchilaridan tuzilgan “Qiy-chuv” jamoasiga beramiz.
2-boshlovchi:
Navbatni 4-shartga beramiz.
2-boshlovchi:
Boshimizda tengsiz osmonsan o`zing
Sen-la hayot zamon zamonsan o`zing.
Odamzodning yarmi ayol bo`lsa agar.
Qolgan yarmin yaratgan insonsan o`zing.
Sen bilan topgaymiz yorug`lik kamol
Ishqda sajdagohsan ey sohib jamol
Yaralgansan faqat muhabbat uchun
Ular qalbga hokimi mutloqsan ayol
2-boshlovchi:
Endigi navbatni 5-shartga beramiz.
2-boshlovchi:
Bellashuvni yakunlash uchun hakamlar hay`ati a`zolariga beramiz.
2-boshlovchi:
Sig`may qolsam shunday keng bu jahonga
Osmonlarga ruhim bo`lsa parvona.
Jonsir tanim ustida ham parvona
Onam yig`lar, onam yig`lar onam u.
2-boshlovchi:
Tabrik so`z uchun navbatni maktabimiz ma`naviy ma`rifiy ishlar bo`yicha director o`rinbosari Yodgorova Orzigul Safarovnaga beramiz.
«Assalom Navro`z» guruhining saxnalashtirilgan tadbir ishlanmasi : 1shart ’’Navro`z ta`rifi’’
1-boshlovchi (Sarvinoz):
Assalom, ona yurt,tonglar o`lkasi !
Ta`rif tavsingiz yo`q nihoyasi.
Senga bag`ishlanur muqaddas qo`shiq,
Bu O`zbek elining o`z madhiyasi!
2-boshlovchi (Umid):
1-boshlovchi (Sarvinoz): Assalomu aleyko`m fan bog`ining bog`bonlari, mexribon ustozlar hamda qalbi qaynoq, ilmga chanqoq o`quvchi-yoshlar!
2-boshlovchi (Umid): Mana o`lkamizga o`zining zarrin sepini yoyib, husnu tarovatini ko`z-ko`z qilib fasllar kelinchagi Bahoroy kirib keldi.
1-boshlovchi (Sarvinoz): Ha, Bahor uyg`onish, yasharish fasli. Bu faslda yuraklar shodlikka, zavqu shavqqa oshufta bo`ladi. Bahor bayramlar, shodiyonalar fasli.
2-boshlovchi (Umid): Tog`ri aytasiz bahorning ilk kunlaridanoq ko`ngillarda quvonch, beg`uborlik,yaqinda 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar”ayyomini nishonladik. Endi esa qadimiy va hamisha navqiron, ulug` ayyomimiz Navro`zi olam eshik qoqmoqda.
1-boshlovchi (Sarvinoz): Har bahorda Navro`z tantana qiladi. Bahordagi an`ana xalqimizni hech qachon tark etmagan,aksincha. Navro`z sayli yil sayin takomillashib, sayqallanib, boyib borgan. Navro`z ko`p ming yillik tarixga ega.
2-boshlovchi (Umid): Qani bo`lmasa, Navro`z tarixi bilan tanishaylik.
Saxnada bayramona libosda yettita o`quvchi chiqadi.
Kamola: Sharq xalqlarining azaliy va adabiy bayrami bo`lgan Navro`z 4000 yilik tarixga ega Navro`zning kelib chiqishi va shakllanishi oid qimmatli manbalar Zardushtiylik muqaddas kitobi hisoblangan “AVESTO”, mashhur qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy, Umar Hayyom, Abdulqosim Firdavsiy, Nosiriddin Rabg`uziy, Yusuf Xos Xojib, Navoiy kabi mutafakkirlarimizning qimmatli ma`lumotlarda Navro`z muhabbat, do`stlik, poklik va insonparvarlik sifatida ulug`lanadi.
Mashhura: Abdulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asarida keltirilishicha,
Jamshid (qadimgi Eron shohlaridan biri) temir eritib, qurol yasashni, ip yigirib, kiyim tikishni, uy, hammomlar qurishni ixtiro qildi, so`ng kishilarni o`z qobilayati, hunariga qarab guruhlarga ajratadi. Nihoyat, bir kuni taxt yasatib unda osmonga ko`tariladi, bu farvardinning birinchi kuni edi. Hamma juda baxtiyor shu kuni yangi yil boshi bo`lib, an`anaga aylanib qoladi. (“Farvariddin” pahlaviycha so`z bo`lib, u hamal burjiga oiddir, ya`ni bahorning birinchi oyi 21-martdan 22-aprelgacha bo`lgan davrdir.)
Shahodat: Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar ” kitobida quyidagilarni yozgan: “ U kunni “Navro`z” deb atashning sababi Jamshid podshoh bo`lgach, majusiylar dinini yangiladi va bu kun “Navro`z” – “Yangi kun” deb ataldi”.
Ashurov Sh: Sharqning buyuk donishmandi, falakkiyot bilimdoni Umar Xayyom o`zining “Navro`znoma” asarida “Navro`z” so`zi birinchi marta Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi (er.avv. III-II asrlar) “Avesto”da tilga olinganligini qayd etadi. Navro`z bayram sifatida tilga olingan “Avesto”da inson hayotining mazmuni 3 ma`noda mujassam topmog`i lozimligi ham qayd etilgan. Bular – ezgu fikr, ezgu so`z, ezgu amallardir.
Shavqiddin: Navro`z kunida bir soat bor: shu soat Feruz (baxt falag) ruhlarni maxluqotlarni yaratishga haydaydi. U kunning eng saodatli soatlari quyosh soatlari. Uning tongida yorug`lik imkoni boricha yerga yaqinlashadi, odamlar unga qarash bilan o`zlarini baxtli sanaydilar.
Akmal: Biz ko`hna tarix sahifalariga Navro`zni Izlab sayir etar ekanmiz, nigohimiz XII asrning mashhur tilshunos olimi M.Koshg`ariyning “Devonu lug`ati turk” sahifalariga tushadi. Chunki jahonga mashhur bu asarida Navro`zni insonlar qalbidan joy olgan qo`shiqlarni talqin etadi.
Rasul: Tarix, zamonlar, asrlar guvohki, Navro`z ezgulik, poklik, muhabbat timsolida ulug`lanib, nihonlanib kelinmoqda. Hamisha shoirlar Navro`zni maxf etib keladilar.
Tongni uyg`otib,
Dilga so`z keldi.
Dilni kuylatib ,
Gul Navro`z keldi.
1-boshlovchi (Sarvinoz): Qoyil agar Navro`z haqida ta`riflar yodlanadigan bo`lsa unda Lutfiy, “Gul va Navro`z” dostonni yozib mamlakatga osoyishtalik, mehnatkash xalqqa farovon, baxtli, saodatli hayot tilardi.
2-boshlovchi (Umid): Alisher Navoiy Navro`zni samimiy sevgida, Farhod-u Shirinlarning, Layli-yu Majnunlarning otash qalbida izladi.
1-boshlovchi (Sarvinoz): Xullas, Navro`z Beruniydan Durbekka qadar, Navoiydan Nasimiygacha, Zulfiya, Abdulla Oripov, boringki, qaysi bir ijod ahlini oling, Navro`zni tarannum etmagan bo`lsa.
2-boshlovchi (Umid): O`rtoqjon, keling, endi navbatni xalq qo`shiqlariga beraylik.
2 – shart “Raqs”
2 – shartda o`quvchilar sumalak raqsini ijro etib beradilar.
3 – shart “Milliy udum va o`yinlar ”
Aytishuv(qizlar va yigitlar o`rtasida).
Yigitlar (Umid): Anor ekan joyning ichin o`ydim-o`ydim,
Qizlar ziyofati uchun serka so`ydim.
Sen esimga tushganingda dol bo`yida,
Ichib turgan choyimni yerga qo`ydim.
Qizlar (Sarvinoz): Kun isisa, suv bo`yida salqinlaymiz,
Betni yuvsak, oydek bo`lib yarqillaymiz.
Navbahorda o`lan degan ko`p bo`ladi,
To`ylab yursak siz chechanga yaqinlaymiz…
Yigit va qizlar aytishuvi avliga chiqqan mahal sahnada Bahoroy va Navro`zjonlar paydo bo`ladi.
Abdurasulov Sh: To`xtanglar, biz tomon kelayotgan kim bo`ldi?
Mashhura: Iye, tanimadingmi, ular har gal qarshi oladiganimiz Bahoroy va Navro`zjonlar-ku!
Hamma: Xush kelibsan ,Bahoroy, Xush kelibsan, Navro`zjon.
Bahoroy: Mana men go`zal bahor,
Yetib keldim sizlarga.
Jon kiritdim daraxtlaru,
G`unchalar,ildizlarga.
Oppoq o`rik gullarim bilan,
Iliq quyosh nurlarim bilan.
Yashillanib,goh olovlanib,
Kamalekdek ming xil tovlanib
Mehmon bo`lib keldim sizlarga.
Navro`zjon: Assalomu aleykum beg`ubor qalblari o`yin kulguga, qo`shig`u raqsga, san`atga ixlosmand, xadrli yoshlar! Mana o`lkamizda so`lim bahor. Hammayoqda go`zallik, yangilanish,yasharish. Yoshu-qari,barcha-barchaning qalbida shodlik,beg`uborlik. Yurtimizning har bir go`shasida, har bir mahalla, xonadonida baxtiyorlik, quvonch, sho`x kuy va qo`shiqlar avjida.
Bahoroy:Nimasini aytasiz. Hazrat Alisher Navoiy aytganidek,Har tuning qadr o`lubon,Har kuning o`lsun Navro`z! Azizlar, biz sizning Navro`zni, bahodirni maxf etuvchi qo`shiq va raqslaringizni miriqib tomosha qildik, endi xalqimizning Navro`zga oid qanday milliy an`ana va udumlarni bilasiz?
Sarvinoz:Navro`zda o`tganlarni xotirlaydilar.
Shahodat: Navro`zda qarindosh-urug`larnikiga boriladi.
Mashhura: Navro`zda qariyalarga bayram taomlari jo`natiladi.
Rasul: Navro`zda g`iybat qilinmaydi.
Shavqiddin: Navro`zda otni ,itni urmaydilar.
Sherzod: Navro`zda bug`doy undirilib, sumalak pishiriladi.
Ashrov Sh: Navro`zda yangi liboslar kiyiladi.
Abdurasulov Sh: Navro`zda yaxshi niyyatlar qilinadi.
Umid: Navro`zda ko`cha va dalalar tozalanadi.
1-boshlovchi (Sarvinoz): do`stlarim kelinglar, Navro`zda o`ynaladigan o`yinlarni o`ynaymiz.
Qizlar:kim oladi-yo, kim oladi deb o`rtaga ro`molchani tashlaydilar.
Keyin Rasul va Akmal men olaman-o shuginaniyo deb,ikkovlari ham yengiladi.Shunda polvon bobo bolalar bilan so`rashib, ro`molchani oladi va bolalar polvon boboni maxtashadi.
Polvon bobo: Qani,men bilan kim sinashadi?
O`zbek kurashi polvonlaridan biri (Shavqiddin): Mana,biz bor deydi va u boboni hurmatini qilib, yengilib beradi va bobo ketadi.
Navro`zjon: Ofarin bolajonlar,siz rostanam o`z milliy urf-odatlringizni qadrlar ekansiz.
Bahoroy: Navro`z shunday bir xalq bayramiki, u faqat hamma davralardan shodiyonalargina, farovonliklargina, baxt-iqbolga daxldor onlarnigina saralab oladi, o`ziga singdiradi,doimo boyib boradi. Shu bois ham Navro`zga to`ylar ulanib ketadi.
Shunda bolalar Navro`zjon va Bahoroy bilan xayrlashadilar.
Qizlar (Sarvinoz): Balli, yigitlar, endi bizga ruxsat. Bugun biz mahallamiz faxri-onaxonimiz Rizvon buvinikiga Navro`zning shoh taomi sumalak pishirmoqchi edik.
Yigitlar (Umid): Ho-o,shunday ketari yo`q,biz sizlarga bayram uchun shuncha ntomosha ko`rsatdi, siz ham biz uchun biror sovg`a tayyorladingizmi?
Qizlar Navro`zga xos bo`lgan milliy laparlardan “Yallama-yorim”ni, xalq qo`shiqlaridan “Do`ppi tikdim”ni ijro etib, raqsga tushib beradilar. So`ng yigitlardan ruxsat so`rab uyga ketadila.
Sherzod:Qizlar sumalakka ketdi,endi biz nima qilamiz?
Rasul:Biz ham ketamiz.
Shavqiddin:qayoqqa?
Umid: Ko`pkariga.Unda mening bobom ishtirok etadi.
1-boshlovchi (Sarvinoz): Kelinglar, endi Navro`zni qutlab,dasturga yakun yasaylik.
Hamma:Poyi qadamlari, qutlug` mehmonim,
Navro`zing muborak, O`zbekistonim.