Dil porasi ko'z qorasi sen o'zingdursan
Mening ko'nglim sen aslida sen ko'zimdursan,
Tomirimda tomir yoygan ilk so'zimdursan.
ILk og'rig'im ilk yomg'irim naysonim vatan.
Quloq solsam shivirlagay hatto toshlaring
Oyu quyosh kamalaklar ko'zi qoshlaring
Beshigimni tebratgandir qaldirg'ochlaring
Yulduzlarga osmon bo'lgan ayvonim vatan.
NAQORAT:
O'zbekiston O'zbekiston Bir o'lkaki jannatmakon
O'zbekiston Ona diyor Senga fido bu tanu jon
O'zbekiston O'zbekiston Sening uchun bizlar qalqon!
Ne tong edi izg'irinlar zahrini totding
Dasturxonda mustar qoldi qandu naboting
shahidlaring munglaridir har qarich yering
Abadiy yod erur asli kelajaging!
Senga orzu bo'lgan bu kunlarni esla
Senga hayot bergan bu damlarni o'yla
Qancha qonlar to'kilgan tinch totuv yashashing uchun
Bilgin bu ajdodlarimiz pok qonlari
o'zbekiston haqida qo'shiq matni
Добавил: sardorr 03 ноября 2012 01:48
Последний комментарий:
Аноним
14 июня 2022 07:48
Просмотры (99621) Комментарии (1360) Форум (Общие)